TATUda “Mamlakatimizda siyosiy-huquqiy islohotlar jarayonida oliy ta’lim muassasalari oldida turgan dolzarb vazifalar” mavzusida davra suhbati boʼlib oʼtdi
15.11.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Joriy yilning 14-noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda “Mamlakatimizda siyosiy-huquqiy islohotlar jarayonida oliy ta’lim muassasalari oldida turgan dolzarb vazifalar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud – huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Matmuratov Batir Djoldasovich, Toshkent shahar prokuraturasi boʼlim katta prokurori Sodiqov Ulugʼbek Toxirjonovich, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi yetakchi mutaxassisi Xolmaxmatov Аzimjon Hazratqulovich, universitet rahbariyati, professor – o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 8-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847sonli farmonining mazmun-mohiyati, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda oliy ta’lim muassasalari oldida turgan muhim vazifalar haqida so‘z bordi. Xususan, joriy yilning 22-dekabr sanasida bo‘lib o‘tadigan Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlariga saylovda munosib ishtirok etish, oliy ta’lim tizimini korrupsiyadan holi sohaga aylantirish, yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish tadbirning asosiy masalalariga aylandi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq