Raqamli texnologiyalar o‘quv markazining Toshkent shahar Olmazor tumani filialida Xalq ta’limi vazirligi xodimlariga sertifikatlar topshirildi
15.11.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-martda ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish belgilangan bo‘lib, shundan 3-tashabbus “Aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi topshiriqlarni amalga oshirish maqsadida, mamlakatimizda madaniy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash, yoshlarning mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, ijodiy intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun sharoitlar yaratilib, ularni kompyuter texnologiyalari, dasturlash asoslari va robototexnika, kompyuter o‘yinlari va kibersportga jalb etishga katta e’tibor qaratilgan.

14-noyabr kuni Raqamli texnologiyalar o‘quv markazining Toshkent shahar Olmazor tumani filialida o‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan 22 kishilik Olmazor tumani Xalq ta’limi vazirligi bo‘limi xodimlaridan iborat bir guruh tinglovchilarga sertifikatlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu marosimda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi Sh.Kadirshayev, Olmazor tumani Xalq ta’limi bo‘limi mudiri Z.Azimbayeva, Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi direktori N.Nasrullayev hamda markazning trener-o‘qituvchilari A.Abdurahmonov va J.Amirovlar ishtirok etishdi. O‘quv kursi tinglovchilariga o‘quv markazi tomonidan taqdim etilayotgan barcha o‘quv kurslariga yoshlarni keng jalb etish taklif etildi. Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan taklif etiluvchi har qanday tashabbusni qo‘llab-quvvatlaydi va ushbu dargohning kelgusidagi barcha ishlariga muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq