Toshkent shahar hokimi Qozog‘istonning Open Technologies Group kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi
14.11.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

O‘zaro muloqot davomida xorijiy hamkorlar bilan birgalikda “Aqlli shahar” loyihasini amalga oshirish hamda turli sohalarda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash masalasi muhokama qilindi.

Toshkent shahar hokimi zamonaviy shaharni ilg‘or axborot kommunikatsion texnologiyalarisiz tasavvur etib bo‘lmasligi, shu jihatdan hozir Toshkentda barcha soha va tarmoqlar faoliyatiga raqamli texnologiyalarni joriy etish muhimligini qayd etdi.

Ma’lumot o‘rnida qayd etish joiz, Qozog‘istonning Open Technologies Group kompaniyasi yuqori texnologik uskunalarni ishlab chiqarish va innovatsion dasturiy ta’minot mahsulotlarni tayyorlashda yetakchilardan hisoblanadi. Hozirda ularning tizimi Qozog‘iston turli shaharlarida samarali ishlamoqda.

Uchrashuvda yo‘llardagi xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan loyiha atroflicha muhokama qilindi. Open Technologies Group kompaniyasi vakillari Janbolat Sarsenov va Ruslan Asaubayev o‘zlari taqdim etayotgan dasturiy ta’minot mahsulotlarining xususiyatlari bo‘yicha atroflicha ma’lumot berishdi. Qayd etilishicha, bu tizim nafaqat yo‘llardagi harakatlanishni nazorat qiladi, balki yuqori texnologiya sabab shaxsni tanish mumkin. Shuningdek, uning yordamida shahardagi avtoulovlar oqimi, ularning tezligini aniqlash mumkin. Bundan tashqari, buyurtmachining talabiga ko‘ra, boshqa funksiyalarni ham kiritsa bo‘ladi.

Uchrashuvda, raqamli texnologiyalarni ijtimoiy sohalar, jamoat transporti tizimi va boshqa yo‘nalishlarda qo‘llash bo‘yicha ham fikr almashildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq