Raqamli texnologiyalar o‘quv markazining Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar filialida “Al-Xorazmiy avlodlari” musobaqasi o‘tkazildi
14.11.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2019-yil 19-martda ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish belgilangan bo‘lib, shundan 3-tashabbus “Aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi vazifalarni amalga oshirish maqsadida, mamlakatimizda madaniy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash, yoshlarning mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, ijodiy intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun sharoitlar yaratilib, ularni kompyuter texnologiyalari, dasturlash asoslari va robototexnika, kompyuter o‘yinlari va kibersportga jalb etishga katta e’tibor qaratilgan.

Mazkur tashabbus bilan belgilab o‘tilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Bular jumlasidan, 12-noyabr kuni Xalq ta’limi bo‘limi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi ko‘magida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazining Marg‘ilon shahar filiali tomonidan ushbu shaharda joylashgan 34 nafar maktab o‘quvchilari o‘rtasida MS Office, Paint va Kibersport yo‘nalishlari bo‘yicha “Al-Xorazmiy avlodlari” shiori ostida musobaqa o‘tkazildi.

Ushbu tadbirda Marg‘ilon shahridagi maktablardan 12, 13, 14, 15, 16, 17 yosh chegarasida 70 nafar o‘quvchilar ishtirok etishdi. Musobaqani Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi xodimi R.Tadjibayev va filial direktori H.Madaminov ochib berdi.

Mazkur musobaqa Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi xodimlari H.Madaminov, F.Qahorjonov va Xalq ta’limi vakili R.Ahmedov hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i X.Qurbonov, shuningdek hududiy boshqarma xodimlari U.Otajonov, R.Tadjibayev, J.Qodirov, Sh.Muhammadjonov hamda TATU Farg‘ona filiali vakili B.Jalilov kuzatuvi ostida bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa so‘nggida har bir yo‘nalish bo‘yicha 3 (1, 2, 3) o‘rinda g‘oliblar aniqlandi va sovrindorlarni taqirlash uchun Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i X.Qurbonov so‘zga chiqdi hamda vazirlikning hududiy boshqarmasi, ALSKOM, Uzmobile kompaniyalari homiyligida taqdim etilgan sovg‘alar ulashildi. Musobaqa yakuniga kelib, ushbu markazning “Kompyuter savodxonligi” o‘quv kursini muvaffaqqiyatli tamomlagan tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq