O’zbekistonda Hamkorbank orqali Яндекс.Деньги hamyonlarni to’ldirish va identifikatsiya qilish imkoniyati yaratildi
14.11.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O’zbekistonlik foydalanuvchilar endi internet tarmog’i orqali Hamkorbank yordamida Яндекс.Деньгах hamyonlarini to’ldirishlari mumkin, shuningdek hamyonlarni ushbu bankning istalgan bo’limida identifikatsiya qilishlari mumkin. Yangi imkoniyat Hamkorbank mijozlari va bank mijozi bo’lmaganlar uchun joriy etilgan.

Elektron hamyonni yangi usulda to’ldirish uchun hamyonlar identifikatsiya qilingan bo’lishi kerak. Hamyonlarni to’ldirish uchun Hamkorbankning saytiga kirishingiz yoki Android va iOS uchun Hamkor Mobile ilovasini yuklab olishingiz kerak bo’ladi. Undan so’ng elektron hamyon raqamini, mablag’ miqdorini  o’tkazmani sms orqali kelgan i kod orqali tasdiqlashingiz kerak bo’ladi. Яндекс.Деньги hamyonini to’ldirish uchun istalgan Uzcard yoki Humo tizimidagi plastik  kartalari bo’lishi kifoya. .

Hisobni to’ldirishda, foydalanuvchining kartasidan so’mlarda mablag’ yechib olinadi va o’sha zahoti elektron hamyonga rublda tushadi. Mablag’lar konvertatsiyasi O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining joriy kursi bo’yicha amalga oshiriladi. Hamyondi to’ldirish uchun bank komissiyasi  3% tashkil etadi. Bankning o’zi uni hisoblab chiqadi va oldindan foydalanuvchiga ko’rsatadi. Hamkorbank orqali hamyonni bir marotabada 300 ming rublgacha (44 mln so’mgacha) to’ldirish mumkin, hamyon hisobida esa 500 ming rublgacha (taxminan 74 million so’m) saqlash mumkin.

Hamyonlarni identifikatsiya qilish uchun  Hamkorbankning istalgan 43 ta filiali va 130 dan ortiq  mini-banklariga murojaat etish mumkin. Buning uchun o’zingizga qulay bank ofisifiga pasportingiz bilan tashrif buyuring , elektron hamyon raqamini aytishingiz va 25 ming so’m to’lashingizning o’zi yetarli. Identifikatsiyadan so’ng foydalanuvchiga  Яндекс.Деньги hamyonlarini keng imkoniyatlari taqdim etiladi — jumladan dunyo bo’ylab to’lovlar, boshqa hamyonlarga, karta va bank hisob raqamlariga pul o’tkazish, internet orqali pul yig’ish, naqd pulni olish. dentifikatsiyadan o’tgan hamyon egasi 11 ta xorijiy valyutada ham hisob ochishi mumkin — rubllardan tashqari, dollar, yevro, belorus rubli, qozoq tengesi va boshqalar. O’zbekistonlik foydalanuvchilar uchun xorijiy valyutalarda hisoblar ochish imkoniyati yaqinda paydo bo’ldi — 22-oktabr 2019-yil «Valyutani tartibga solish to’g’risida» qonunning yangi tahririda aks etirilgan.

Яндекс.Деньги  haqida

Яндекс.Деньги – elektron to’lovlar xizmati bo’lib, foydalanuvchilarga tovar va xizmatlar uchun to’lovlarni amalga oshirish, pul o’tkazish va qabul qilishda yordam beradi. Xizmat foydalanuvchilari elektron hamyonni yaratishlari, shuningdek umumiy balansga ega virtual yoki plastik kartalarga buyurtma berishlari mumkin. Яндекс.Деньги Mastercard to’lov tizimining kartalarini emissiya qiladi. Ularni butun dunyo bo’ylab naqd pul, onlayn va oflayn to’lovlarni yechish uchun foydalanish mumkin, jumladan Apple Pay, Samsung Pay va Google Pay yordamida ham. 2019-yil ma’lumotlariga ko’ra, Яндекс.Деньгах 60 million hamyon ro’yxatga olingan, 2 million plastik va 19 million virtual kartalar chiqarilgan. Xizmat sayt va Android va iOS ilovalarida mavjud. Яндекс.Деньги – elektron pul xizmatlari foydalanuvchilari soni bo’yicha yetakchi hisoblanadi (Mediascope, 2019).

Foydalanuvchilar uchun Яндекс.Деньги internet orqali to’lovlarni amalga oshirish uchun turli echimlar mavjud, biznes uchun turli — universal to’lov tizimi  Yandex.Kassa.

Hamkorbank haqida

Chet el kapitali ishtirokida «Hamkorbank» aksiyadorlik tijorat banki, O’zbekiston Respublikasining bank xizmatlari bozorida 1991-yildan buyon faoliyat ko’rsatib keladi. Bank 28 yil davomida Respublikaning barcha ma’muriy tumanlarini qamrab olgan holda  keng filiallar tarmog’ini shakllantirgan.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq