Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi bilan uchrashuv
13.11.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2019-yil 13 noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Kan Chje Kvon bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida Vazir axborot texnologiyalari sohasida oʻzbek-koreys hamkorligining yanada rifojlanayotganini taʼkidladi.

Uchrashuv chogʻida axborot texnologiyalari, ayniqsa, yangi tadqiqotlar texnologiyalar, texnoparklar va innovatsiya markazlarini rivojlantirish hamda boshqarish, IT-taʼlimning eng yangi texnologiyalarini joriy etish masalalarining holati va kelgusidagi hamkorlikni rivojlantirishning harakatlar rejasi boʻyicha fikr almashildi.

Tomonlar axborot texnologiyalari sohasida Oʻzbekiston va Koreya Respublikasi oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha ulkan salohiyat mavjudligi hamda bu borada barcha saʼy-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq