“Ucell Mobile Challenge 2019” tanlovi doirasidagi Pitch Days yakuniga yetdi
11.11.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

9-10-noyabr kunlari O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi binosida mobil ilovalar yaratish bo‘yicha IT Park va Ucell hamkorligidagi «Ucell Mobile Challenge 2019» tanlovi doirasida 28 ta startap-jamoaning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Sovrin jamg‘armasi 600 mln so‘mni tashkil etuvchi ushbu tanlov quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkazilmoqda:

— Eng yaxshi savdo dasturi;

— Mamlakat mehmonlari va aholisi uchun eng foydali ilova;

— Fintech sohasidagi eng yaxshi ilova.

Pitch Days yakunlariga ko‘ra hakamlar ikki hafta mobaynida 3 nafar g‘olibni aniqlashadi, ular quyidagicha pul mukofotlari bilan rag‘batlantiriladi:

— 1-o‘rin – 300 mln so‘m;

— 2-o‘rin – 200 mln so‘m;

— 3-o‘rin – 100 mln so‘m.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq