Toshkent shahridagi Inha Universitetida EVO hamda Koreya Telecom ma’lumotlarni qayta ishlash markazini ishga tushirishdi
11.11.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Joriy yilning 11-noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetining Data markazi qoshida “Evo” kompaniyasi Korea Telecom bilan hamkorlikda ma’lumotlarni qayta ishlash markazini joriy etishdi.

O’zbekistonda ma’lumotlar bozorining yuqori darajada o’sishi va AKTni rivojlantirish bo’yicha hukumat tashabbuslarini hisobga olgan holda Korea Telecom internet va ma’lumotlarga bo’lgan talab o’sishda davom etadi deb tahmin qilmoqda. Korea Telecom Data markazni bozorga kirishini strategik qaror sifatida qabul qilib, bu O’zbekistonda istiqbolli davrning boshlanishi deb hisoblamoqda.

Shuni ta’kidlash joizki, Toshkent shahridagi Inha universiteti Tier 2-darajali ma’lumotlarni qayta ishlash markaziga ega bo’lgan O’zbekistondagi yagona universitet bo’lib, u eng zamonaviy uskunalar yordamida funksionallikni ta’minlaydi, universitet 2000 dan ortiq foydalanuvchilardan iborat tarmog’ini tahlil qiladi, shuningdek manzil hamda VPS-serverlar xizmatlarini taqdim etadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq