O’qituvchilar va darsliklarsiz: Toshkent shahridagi Inha universitetida noyob «42-maktab» haqida so’z yuritildi
11.11.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Joriy yilning 8-noyabr kuni noyob fransuz 42-maktabining asoschisi Kvam Yamgnane Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari uchun ma’ruza o’tkazdi.

42-maktabi-kompyuter dasturlash sohasida bepul ta’lim platformasi hisoblanadi. 42-maktabi asoschilari Nikolas Sadirak, Florian Boucher va Kvam Yamgnane tomonidan ishlab chiqilgan usul har bir talabaga ta’lim vektorini tanlashni taklif qiladi, bu yerda o’qituvchilar va darsliklar yo’q,maktab eshiklari esa hatto kechasi ham ochiq. O’quv materiallar o’yin shaklida ishlab chiqilgan. Dastur yaratuvchilarining fikriga ko’ra, geymifikatsiya 1,5 dan 4 yilgacha davom etishi mumkin bo’lgan ta’lim uchun motivatsiyani saqlab qolishga yordam beradi.

42-innovatsion maktabi butun dunyo bo’ylab an’anaviy ta’lim tizimidan tubdan farq qiladi.Bu yerda kirish imtihonlari, diplomlar,o’qituvchilar hamda darsliklar yo’q. Ta’lim jarayoni avtomatlashtirilgan bo’lib,u o’yin shaklida taqdim etiladi. Talabaning o’zi ta’lim olish uchun javobgardir. Bu yerda faqatgina bilim olmoqchi bo’lgan tahsil oladi,diplom keraklar emas. Maktab jamoaviy va mustaqil ta’lim tamoyillarini birlashtiradi. Avvalambor, C tili o’zlashtiriladi,undan so’ng esa talabaning o’zi qanday tillarni o’rganishini tanlaydi.

Bugungi kunda 42-maktabi to’rtta qit’ada 10 kampusdan ortiq xalqaro tashkilot hisoblanadi.

Shuni ta’kidlash joizki, Kvam Yamgnane axborot texnologiyalari sohasida 20 yillik tajribaga ega. 2013-yilda, Parijda Kvam dasturiy ta’minot ishlab chiqish bo’yicha “42-maktab”ining asoschilaridan biri bo’lgan. Mazkur maktab oddiy kollej va universitetlarda o’quv tizimi eskirganligini tasdiqlash maqsadida tashkil etilgan.

Tadbir yakunida esa talaba-yoshlar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq