Huawei dasturchilarni 5G taqdim qiladigan “ajoyib imkoniyatlar” bilan tanishtirish uchun taklif etdi
08.11.2019
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Web Summit konferensiyasining ochilish marosimida nutq soʻzlagan Huawei kompaniyasining amaldagi raisi Go Pin, jahondagi dasturchilar hamjamiyatini 5G boshqa texnologiyalar bilan uygʻunlikda taqdim qiladigan qiymatli imkoniyatdan foydalanishga chaqirdi.

Oʻzining “5G + X yangi aqlli davrni yaratadi” deb nomlangan nutqida u qanday qilib 5G + X sunʼiy intellekt, katta axborot, virtual reallik (VR) va toʻldirilgan reallik (AR) bilan oʻzaro hamohanglikda xuddi 20-asrda elektr quvvati amalga oshirgan yangi toʻlqindagi taraqqiyotni yaratishini taʼriflaydi. Biroq, Go Pin taʼkidlaganidek, Internet zamonida aynan ilovalarni ishlab chiqadigan dasturchilar moliyaviy foydaning asosiy qismini qoʻlga kiritadilar, chinakam qiymat ilova hamda dasturiy taʼminotlarda boʻlganligi tufayli ularning daromadlari jadallik bilan ortib bormoqda.

Janob Go Pin, Huawei kompaniyasining amaldagi raisi, Web Summit konferensiyasining tantanali ochilish marosimida nutq soʻzlamoqda

5G kutilganidan oldinroq paydo boʻladi

5G taqdim etgan yangi innovatsiyalar isteʼmolchilar tomonidan iliq kutib olinib, shu yilning oxiriga qadar 60 ta tijoriy 5G tarmoqlarning ishga tushishi kutilmoqda.

Janubiy Koreyada 5G yoʻlga qoʻyilgan sanadan 69 kun oʻtib, 1 millionta foydalanuvchi ushbu tarmoqqa ulangan. Maʼlumot uchun, xuddi shunday sondagi foydalanuvchilarni yiʻgish uchun 4G ishga tushirilgan paytda 150 kun talab qilingan. 5G texnologiyasining paydo boʻlishi mobil operatorlar uchun muhim hodisa hisoblanadi: chunki 5G foydalanuvchisi 4G foydalanuvchisiga nisbatan oʻrtacha uch marotaba koʻproq trafik sarflaydi. “Yuqori tezlik, qisqa uzatish davri va qamrovli aloqa tufayli, 5G Internet buyumlar (IoT) taraqqiyoti uchun quvvatli turtki boʻlib xizmat qiladi. Kelgusida esa tadbirkorlar uchun behisob imkoniyatlar eshigini ochadi”, — deydi janob Go.

5G + X soha modernizatsiyasini belgilaydi va ilovalar bu jarayonda hal qiluvchi vazifani bajaradi   

5G sunʼiy intellekt, virtual va toʻldirilgan reallik singari boshqa texnologiyalar bilan uygʻunlikda soha modernizatsiyasiga qanchalik taʼsir qilishini koʻrsatish maqsadida bir nechta misollarni keltirib oʻtdi. Mazkur misollarda 5G 8K aniqlikda real vaqt rejimida masofadan musiqiy sheriklikni taʼminlashi; 5G sunʼiy intellekt va toʻldirilgan reallik bilan birgalikda neftni qayta ishlaydigan zavod xodimlarining xavfsizligini kuchaytirishi, shu bilan bir qatorda, foydalanish va xizmat koʻrsatish samaradorligini oshiriishi; hamda sunʼiy intellekt real vaqt jarayonida tibbiy tekshiruvlarni oʻtkazishda qay darajada yordam berishi namoyish qilindi. Kompaniya raisi ilova va dasturiy taʼminotlar chinakam qiymatni hosil qilishi hamda trillionlab AQSh dollariga teng boʻlgan mazkur yangi bozorda Huawei hamkorlari mustahkam joy egallashini alohida qayd qilib oʻtdi.

Huawei ilovalarni rivojlantirishda koʻmaklashishga tayyor

Janob Go Huawei Internet uchun asos yaratish maqsadida aloqa operatorlari bilan yaqindan ishlayotganini taʼkiblab, ilova hamda dasturiy taʼminot ishlab chiqadigan mutaxassislar oʻz potensiallarini butunlay namoyish etish imkoniyatiga ega ekanliklariga urgʻu berdi. Kelajakda Huawei mobil qurilmalar va bulutli xizmatlarga oʻz eʼtiborini qaratadi. Shuningdek, u 5G + X taklif etadigan imkoniyatlarni ishlatishga intilayotgan dasturchilarni qoʻllab-quvvatlashga xizmat qiladigan Huawei yaratgan platformalar haqida ham soʻz yuritdi.

Ushbu yoʻnalish uchun kompaniya ikkita tashabbus: Huawei Developer 2.0 va Shining Star dasturlarini ishga tushirgan. Bu maqsadda xitoylik gigant Huawei Developer 2.0 dasturining qamrovini kengaytirish hamda unga 5 million nafar dasturchini chorlash uchun 1,5 milliard dollar sarmoya ajratadi. Shu bilan birga, kompaniya Huawei Mobile Services (HMS) ekotizimiga katta miqdordagi yuqori sifatli ilovalarni jalb qilish maqsadida 1 milliard dollar sarflamoqchi; bu ekotizim dasturchilarni oʻz ilovalarini turli ssenariylarda qoʻllash uchun ularni birlashtirish va ularga yangiliklarni tatbiq etishga ragʼbatlantirishi koʻzda tutilgan.

Janob Go oʻz nutqiga quyidagi soʻzlar bilan yakun yasadi: “5G + X — bu yangi elektr boʻlib,  u aqlli dunyoning asosiy omiliga aylanadi. Huawei yangi 5G + X ilovalarini yaratish va intellektual davrga qadam tashlash uchun sohaviy dasturchilar va startaplar bilan yaqindan hamkorlik qilishga shaydir”.

Go Pin nutqining toʻliq versiyasini quyidagi havolada oʻqing: https://www.huawei.com/en/press-events/news/2019/11/5g-x-will-create-a-smart-new-era

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq