Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Milliy huquqiy internet portali ishga tushirildi
08.11.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Milliy huquqiy internet portali ishga tushirildi (http://huquqiyportal.uz)

Endi huquqiy ma’lumotlar, qonunchilikdagi eng so‘nggi yangiliklar, muammoli vaziyatlarga oid savollarga javoblar, odamlar uchun eng zarur huquqiy tavsiyalar — bularning barchasi Adliya vazirligi tomonidan ishga tushirilgan Milliy huquqiy internet portalida!

Mazkur portal Adliya vazirligining 10dan ortiq axborot tizimlarini, xususan, lex.uz, adliya organlari va muassasalarining rasmiy veb-saytlari, advice.uz, bolahuquqlari.uz portallarini birlashtiradi.

Portalda Toshkent davlat yuridik universiteti, Yuristlar malakasini oshirish markazi, X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining o‘quv kurslari haqida ham ma’lumotlar berilgan.

Foydalanuvchilar portaldan Adliya vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari, advokatlar va notariuslar xizmatlariga oid e’lonlar, tezkor ishonch telefonlari haqida ma’lumot olishlari mumkin. Shuningdek, portalda huquqiy savodxonlikni oshiruvchi yuridik lug‘at va eng zarur huquqiy adabiyotlar elektron maydonchasi ham mavjud.

Mazkur portal aholining huquqiy ongini yuksaltirishda samarali platforma bo‘lib xizmat qilishi hamda yagona kirish nuqtasi orqali huquqiy axborotni olish uchun qulay imkoniyat yaratishi shubhasiz.

Ushbu portal Prezidentning 2019-yil 9-yanvardagi PF–5618-son Farmonida nazarda tutilgan vazifalar ijrosi doirasida ishlab chiqildi va ishga tushirildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq