Оdnoklassniki foydalanuvchilari o‘z sahifalari statistikasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar
07.11.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Оdnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilar uchun profillar statistikasini ochdi. Endi ular qanday kontent do‘stlarida eng ko‘p qiziqish uyg‘otganini bila oladilar.

Yangi instrument yordamida shaxsiy profillarga ham oldinroq statistikadan foydalana boshlagan yulduzlarning guruhlari va verifikatsiyalangan sahifalariga berilgan analitikaning imkoniyatlari taqdim etiladi.

Statistika foydalanuvchilarning profillarida kuzatib borish imkonini beradigan ko‘rsatkichlar o‘rtasida – qamrab olish, ya’ni postni ko‘rgan odamlar soni, do‘stlar geografiyasi, ularning harakatlari (ko‘rishlar, klasslar, sharhlar, repostlar, sahifaga o‘tishlar) kabilar bor. Statistika ma’lumotlari yordamida, shuningdek, qanday kontent yozuvlar, foto va videolar orasidan eng ko‘p ko‘rishlarni to‘plaganligini ko‘rish mumkin.

Foydalanuvchilarning profillaridagi statistika, shu jumladan, o‘z biznesini OK sahifasi yordamida olg‘a siljitish bilan shug‘ullanadigan odamlar uchun ham foydali bo‘ladi. Uning yordamida foydalanuvchilar qanday munosabat bildirayotganlarini tushunish va yanada ko‘proq auiditoriyaga yoqadigan va yangi mijozlarni jalb qiladigan postlarni qilish mumkin. Bundan tashqari, noyob kontentlarni yaratuvchi endigina ish boshlagan mualliflar va foydalanuvchilar statistikaga qarab ularning o‘quvchilari uchun nima qiziqarli ekanligini tushunib olishlari mumkin.

Statistika ma’lumotlari “Sozlash” bo‘limidagi instrument faollashtirilgandan so‘ng to‘plana boshlanadi. Statistikadan do‘stlari 100 kishidan ko‘p bo‘lgan foydalanuvchilar foydalana oladilar. Barcha platformalar: OK veb-interfeysi, ijtimoiy tarmoqning mobil versiyasi va iOS va Android uchun ilovalardagi ma’lumotlardan foydalanish mumkin.

Odnoklassniki shaxsiy profillarni yuritish uchun instrumentlarni faol rivojlantiradi. Oldinroq OK da mashhur artistlar, jamoat arboblari va blogerlarning sahifalarini yuritish tizimi, shuningdek, ko‘k belgi bilan belgilangan guruhlar va verifikatsiyalangan foydalanuvchilar uchun statistika ishga tushgan edi. Ijtimoiy tarmoq, shuningdek, reklama kabinetini ishga tushirdi, u kontent mualliflariga va barcha foydalanuvchilarga ijtimoiy tarmoqlarda o‘z auditoriyasini topish imkonini beradi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq