Mirzo Ulugbek Innovation Center-da Schneider Group delegatsiyasi bilan uchrashuv bo’lib o‘tdi
07.11.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

“Schneider Group” mijozlarga xalqaro bozorga chiqishga yordam beradi, Armaniston, Belorussiya, Qozog‘iston, Polsha, Rossiya, Ukraina va O‘zbekistonda o‘z bizneslarini yaratish va rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan maslahat va xizmatlarini taklif etadi.

Kompaniya vakillari O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan xalqaro kompaniyalar uchun ERP-tizimlarini (1C, SAP va Microsoft Dynamics NAV) joriy etish bo’yicha o’z xizmatlari haqida gapirib berishdi.

Germaniyalik hamkorlar ushbu xizmatlarni taqdim etadigan kompaniyalar bilan, shu jumladan MUIC rezidentlari bilan aloqalarni o’rnatishga qiziqish bildirmoqda. Mehmonlar O‘zbekistonda biznes sohalarida ushbu dasturlar ishlatilgan bo’lsa ham, ular har doim ham keng miqyosda emasligini ta’kidladilar.

«Schneider Group» nafaqat ERP-tizimlarini joriy qilish, balki ularning to‘liq samaradorligi uchun ularning ishlashini qo’llab-quvvatlash bilan ham shug‘ullanadi.

Bugungi kunda kompaniyada 500 dan ortiq mutaxassislar mavjud.

Tomonlar hamkorlik memorandumini imzolashga va hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq