“Spark”ka yuklanayotgan 140,5 million so‘mlik telefonlar fosh bo‘ldi
06.11.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Tovar-moddiy boyliklarini yashirin yo‘llar bilan olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, “Toshkent” xalqaro aeroporti bojxonachilari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida xorijdan uchib kelgan fuqaro M.A. oldindan kuzatuvga olindi va avtoturargohdagi “Spark” rusumli avtoulovi yonida noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilgan telefonlarni yig‘ib olayotgan vaqtida tezkor guruh xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Ushbu shaxs tekshirilganida, uning avtomashinasidan umumiy qiymati 140,5 million so‘mlik 11 dona “Irhone-11”, 17 dona atir va elektron qo‘l soatlari mavjudligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq