Germaniya biznesmenlari va investorlari Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda
06.11.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2019-yil 4-noyabr kuni IT-Parkda Schneider Group nemis kompaniyasi bosh direktori Ulf Shnayder bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda IT-Park vakillari Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi, autsorsing sohasidagi IT korxonalarini koʻpaytirish boʻyicha hukumat qarorlari, eksportga yoʻnaltirilgan IT-kompaniyalar rezidentlari uchun soliq imtiyozlari, soʻnggi yillarda Oʻzbekistonning IT-sohasi qabul qilib olayotgan investitsiyalar miqdori va shunga mos ravishda, IT bozorining oʻzi va uning respublikamizdagi istiqbollari haqida gapirib oʻtdilar.

Schneider Group vakillari bir yil oldin Toshkentda kompaniyaning rasmiy ofisi ochilganini va u hozirda muvaffaqiyatli faoliyat koʻrsatayotgani va oʻz mijozlari sonini oshirib borayotganini taʼkidlashdi. Janob Ulf Shnayder Germaniyaning koʻplab biznesmenlari va investorlari Oʻzbekiston bozoriga samimiy qiziqish bildirayotganini alohida taʼkidlab oʻtdi.

Shuningdek, bizning mehmonlarimiz kelgusi yilning mart oyida Germaniyada “Production and IT” koʻrgazmasi tashkil etilishi haqida xabar berishdi va unda Oʻzbekiston vakillari sifatida ishtirok etish uchun IT-Parkni ham taklif etishdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusida oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish toʻgʻrisida kelishib oldilar.

SCHNEIDER GROUP 2003-yilda tashkil etilgan. U Rossiya, Qozogʻiston, Belorusiya, Ukraina, Polsha, Oʻzbekiston va Armaniston hududlarida biznesni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish uchun zarur boʻlgan back-ofis xizmatlarini taqdim etadi. Taqdim etilayotgan xizmatlar qatoriga bozorga chiqish strategiyasini ishlab chiqish, buxgalteriya hisobi va hisoboti sohasidagi xizmatlar, soliq masalalari boʻyicha maslahatlar, import, ERP tizimlarini joriy etish xizmatlari va boshqalar kiradi. U Osiyo va Yevropaning 10 ta shahrida oʻz ofislariga ega.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq