“To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga imzo chekildi
05.11.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Joriy yilning 1-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoev tomonidan “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-578-sonli Qonuni ma’qullandi. U 2020-yil 1-fevraldan kuchga kiradi.

O‘zbekiston Respublikasi “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi Qonuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-sentabrdagi “Milliy to‘lov tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–3945-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.

Yangi Qonunda to‘lov tizimlariga va ularning tarkibiy qismlariga bo‘lgan talablar, to‘lov tizimlarini nazorat qilish va kuzatib borish, to‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov tashkilotlarini litsenziyalash hamda ularning faoliyatini tartibga solish, elektron pul bozorini tartibga solish va elektron pul egalarini identifikatsiyalash tartibi hamda to‘lov tizimlarida xavfsizlik va axborot muhofazasini ta’minlashga doir normalar kiritilgan.

Ushbu Qonunning qabul qilinishi bilan respublikamizda to‘lovlarni uzluksiz amalga oshirilishi va innovatsion texnologiyalarni keng joriy qilinishi, shuningdek, to‘lov tizimlarining samarali, ishonchli va xavfsiz ishlashini ta’minlashga imkoniyat yaratiladi.

Shuningdek, ushbu Qonun qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 16- noyabrdagi “Elektron to‘lovlar to‘g‘risida”gi O‘RQ–13-sonli Qonuni bekor qilinmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq