Mobil qurilmaning IMEI-kodini Yagona portal orqali ro‘yxatdan o‘tkazing
05.11.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Barchangizga ma’lumki, 2019-yil 1-noyabrdan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalar, jismoniy shaxslar, import qiluvchilar va ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan, mobil qurilmalarni xalqaro o‘ziga xos identifikatsiya kodlari (IMEI) bo‘yicha ro‘yxatga olish tizimiga murojaat qilishi orqali amalga oshiriladi.

Loyiha boshqaruvi milliy agentligi huzuridagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi, Yagona integrator UZINFOCOM va «O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish Respublika markazi» davlat unitar korxonasi, my.gov.uz saytida IMEI bo‘yicha mobil qurilmani ro‘yxatdan o‘tkazish xizmatini yo‘lga qo‘ydilar: https://my.gov.uz/uz/service/302.

“IMEI bo‘yicha mobil qurilmani ro‘yxatdan o‘tkazish” xizmati jismoniy shaxslar, import qiluvchilar va ishlab chiqaruvchi tashkilotlar – Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan avtorizatsiyadan o‘tgan foydalanuvchilarga ko‘rsatiladi.

SIM-modulli planshetlar, smartfonlar, mobilG`funksional telefonlar, portativ qurilmalar (shu jumladan, cho‘ntakda olib yuriladigan shaxsiy kompyuterlar), adapterlar, WLAN routerlar, IoT qurilmalari, transport vositalari, elektron kitoblar, aloqa modullari, kompyuterlar, modemlar va olib yuriladigan qurilmalar ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.

Xizmatdan foydalanganlik natijasi sifatida, mobil qurilmani ro‘yxatdan o‘tganligini hamda O‘zbekiston Respublikasi uyali aloqa tarmoqlarida foydalanilishi mumkin ekanligini tasdiqlovchi hujjatni (PDF-formatda) yuklab olishG`chop etish imkoniyati yaratilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq