Zamonaviy texnologiyalar ichki ishlar organlari faoliyatida qo‘l kelmoqda
31.10.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Zamonaviy texnologiyalar ichki ishlar organlari xodimlari uchun faoliyat davomida hodisalarga tezkorlik bilan munosabat bildirishlarida qulay vosita sifatida xizmat qilmoqda.

Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasb bayrami arafasida Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik B. Abdullayev poytaxt tumanlaridagi IIBlar boshliqlariga xizmatda foydalanish uchun tantanali ravishda mini-avtobuslar (mobil markazlar) kalitlarini topshirdi.

Ushbu mobil markazlar – so‘nggi texnologiya vositalari bilan jihozlangan va katta bo‘lmagan avtobuslardir. Huquqbuzarlikni oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurash maqsadida 360 gradusda harakatlanadigan intellektual kamera bilan jihozlangan. Ma’lumotlar bazasi tizimi bilan integratsiyalashtirilgan kameralar nazarga tushgan fuqarolarning shaxsini aniqlash “qobiliyatiga” ega. Bu esa qidiruvda bo‘lgan shaxslarni ko‘pchilik orasida ham aniqlashga imkon yaratadi

“GPS”- tizimi orqali tuman hududining qaysi qismida xizmat avtomobillari borligini, va ularga yaqin atrofda sodir etilgan huquqbuzarliklar haqida ma’lumot berish mumkin. Bularning barchasi yuzaga chiqqan muammolar haqida xabar berish tezligini oshirib, shahrimizni yanada xavfsizroq qilishga qaratilgan.

Ushbu tadbirda jami to‘qqizta mobil markazlar topshirildi. Biz – sizning tinchligingiz qo‘riqchilarimiz!

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq