“Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida axborot xavfsizligi muammolari” Respublika seminarida ishtirok etishingizni taklif qilamiz
31.10.2019
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

2019-yil 26-noyabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari vazirligi Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi – “UNICON.UZ” DUK “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida axborot xavfsizligi muammolari” Respublika seminarini o‘tkazadi.

Seminarning maqsadi va vazifalari axborot xavfsizligi muammolarini hal qilish yo‘llari va tamoyillarini o‘rganish, seminar ishtirokchilarini axborot xavfsizligining turli tahdidlari bilan tanishtirish, axborot xavfsizligini ta’minlashda tashkiliy, huquqiy, apparat-dasturiy va kriptografik usul hamda vositalarning ahamiyatini muhokama etish, axborot xavfsizligini ta’minlashning strategik yo‘nalishlarini belgilashdan iborat.

Sizlarni seminarda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ishtirok etishga taklif qilamiz:

— axborot xavfsizligi bo‘yicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;

— axborot xavfsizligi sohasida standartlarning roli va ularni xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirish yo‘llari;

— korxona va tashkilotlarning xavfsizlik siyosati;

— mobil aloqa tarmoqlarining axborot xavfsizligi;

— axborot xavfsizligini ta’minlashning zamonaviy usullari;

— axborot xavfsizligini ta’minlashning dasturiy-apparat vositalari;

— O‘zbekiston Respublikasida ochiq kalitlar infratuzilmasini rivojlantirishning dolzarbligi;

— iste’molchilar huquqlarini himoya qilish maqsadida elektron hujjat almashinuvining axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha talablar;

— axborot xavfsizligini ta’minlashning apparat-dasturiy vositalari;

— axborotni kriptografik himoyalashning apparat va dasturiy ta’minotli vositalari qo‘llanilishining asosiy yo‘nalishlarining tahlili;

— milliy kriptografik tizimlar va ularning imkoniyatlari;

— axborotni himoya kilishning samarali vositalarini ishlab chiqish va boshqalar.

Seminar ishida ishtirok etish istagini bildirganlar 2019-yil 10-noyabrga qadar ishtirokchilar ro‘yxatini, 2019-yil 16-noyabrga qadar esa tezis va ma’ruza matnlarini oib@mitc.uz va o.ahmedova@unicon.uz elektron manziliga yuborishingizni so‘raymiz.

Seminar o‘tkazilish joyi – Toshkent shahri Aloqa tarixi muzeyi.

Seminar ishtirokchilarni ro‘yxatga olish – soat 09 00 -10 00.

Seminar boshlanishi – soat 10 00.

Barcha hohlovchilarni Seminar ishida ishtirok etish uchun taklif etamiz!

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq