2019-yil Butunjahon radioaloqa konferensiyasi o’z ishini boshladi
31.10.2019
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

2019-yil 28-oktabr kuni Sharm-el-Shayx (Misr) shahrida Xalqaro elektraloqa Ittifoqi (XEI) ning 2019-yilgi Butunjahon radioaloqa konferensiyasi (BRK-19) o’z ishini boshladi.

Har uch-to’rt yilda bir marta o’tkaziladigan Butunjahon radioaloqa konferensiyasi XEI Radioaloqa reglamentini, radiochastota spektri va sun’iy yo’ldosh orbitalaridan foydalanishni tartibga soluvchi xalqaro shartnomani qayta ko’rib chiqishga vakolatli. BRK-19 natijalari cheklangan orbital-chastota resurslaridan foydalanishni oxirgi foydalanuvchilar manfaati uchun boshqarishni yaxshilaydi, tartibga solish organlari va umuman butun dunyo bo’ylab radioaloqa uchun ta’sir ko’rsatadi.

BRK-19 da ertangi raqamli iqtisodiyotda muhim rol o’ynaydigan va telekommunikatsiya va AKT sohasiga katta ta’sir ko’rsatadigan eng zamonaviy texnologik yangiliklarga bo’lgan talablar ko’rib chiqiladi.

Xalqaro tashkilotlar, uskunalar ishlab chiqaruvchilar, tarmoq operatorlari va tarmoq forumlarini ifodalovchi 193 XEI ga a’zo davlatlaridan 3500 dan ortiq ishtirokchi, shuningdek XEI radioaloqa sektorining 267 nafar a’zosi BRK-19da o’z faoliyatini boshlaydi .

Radiochastota spektridan foydalanishda respublika manfaatlarini himoya qilish uchun BRK-19 da O’zbekiston Respublikasi aloqa ma’muriyatini O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, «Elektromagnit moslashuv markazi» DUK va “UNICON.UZ» DUK mutaxassislari taqdim etadilar.

BRK-19 ishi davomida XEI Radioaloqa sektorining so’nggi to’rt yil davomida o’tkazilgan tadqiqot natijalarini ko’rib chiqish va muhokama qilish, shuningdek, XEI va mintaqaviy tashkilotlarning (BRK-19) kun tartibi masalalari bo’yicha ulushlari (takliflari) asosida 30 dan ortiq masalalar bo’yicha qarorlar qabul qilinadi. BRK-19 ishi 22 noyabr 2019-yilgacha davom etadi.

Ma’lumot uchun:

BRK-19 ochilish marosimida Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdul-Fattaah Said Husayn Xalil As-Siisi, XEI bosh kotibi Xulin Chjao, Misr aloqa va axborot texnologiyalari vaziri Amir Talaat, XEI Radioaloqa byurosi direktori Mario Manevich so’zga chiqdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq