Mintaqaviy kiberxavfsizlik haftaligi
30.10.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2-mintaqaviy kiberxavfsizlik haftaligi 2019-yilning 27-oktyabrdan 31-oktyabrgacha Ummon Sultonligining Muskat shahrida bo’lib o’tmoqda.

Bu yilgi tadbir Ummon Sultonligining Axborot Texnologiyalari Boshqarmasi tomonidan Xalqaro elektraloqa ittifoqi (ITU) ko’magi bilan Ummon Favqulodda vaziyatlarga chora ko`rish milliy kompyuter guruhi (OCERT) tomonidan tashkil etilgan.

Arab mintaqasi uchun 2019-yilgi mintaqaviy kiberxavfsizlik haftaligi tajriba almashish, kiberxavfsizlik sohasida arab mamlakatlari o’rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va uni kengaytirish hamda arab va xalqaro kiberhujum, tahdid va xurujlarga qarshi kurashishning aniq mexanizmlarini aniqlashdan iborat bo`ladi.

Bo`lib o`tayotgan tadbir bir nechta keng miqyosli tadbirlarni o’z ichiga oladi, jumladan, 8-Kiberxavfsizlik mintaqaviy sammiti, FIRST & ITU – ARCC simpoziumi, 11 chi yillik OIC-CERT konferentsiyasi va 7-mintaqaviy kiber-ta`lim.

Kiberxavfsizlik haftaligining kun tartibida 4-industriya inqilobida samarali kiberxavfsizlik strategiyasini muhokama qilish, xususan, uning alohida tarkibiy qismlarini joriy qilish, inqirozga qarshi tezkor chora ko`rishning eng zamonaviy amaliyotlarini baham ko`rish, samarali boshqaruv, xavfsizlikni ta’minlash holatini yaxshilash, xususiy va davlat kiberxavfsizlik sektorini muvofiqlashtirish va yana ko’plab mavzular muhokama qilinadi.

Bo`lib o`tayotgan tadbirda: Xalqaro elektr aloqa ittifoqi, Islom hamkorlik tashkilotining kompyuter intsidentlariga chora ko`rish guruhlari (OIC-CERT); Afrika CERT uyushmasi (AFRICA-CERT), Osiyo Tinch okeani CERT (APCERT), BAA, Misr, Malayziya, O’zbekiston hamda Qozog’iston Respublikalari va boshqa mamlakatlarning axborot va kiberfavfsizlik tashkilotlari vakillari qatnashmoqda.

Markaz vakillarining ushbu tadbirda qatnashishi, xorijiy hamkasblar bilan aloqalarni o’rnatish,
kiberhavflarga qarshi kurashishda maslahat va axborot almashish, shuningdek, chet elda o`z mavqeini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq