TIU va INHA universiteti (Koreya Respublikasi) o’rtasida shartnoma imzolandi
29.10.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

28-oktabr kuni O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida hamkorlik uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Uchrashuv davomida vazir ushbu tashrif natijasida ikki mamlakat o’rtasida axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo’yicha keng ko’lamli natijalarga erishilgani haqida ta’kidladi. Xususan, u Toshkent shahridagi Inha universiteti qisqa vaqt ichida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo’yicha mamlakatdagi yetakchi universitetlardan biriga aylanganini aytib o’tdi.

Tadbir doirasida Koreya Respublikasidagi INHA universiteti hamda uning Toshkentdagi filiali o’rtasida royalti shartnomasi imzolandi.

Ta’kidlash joizki, universitetlar o’rtasidagi birinchi kelishuv shu yilning avgust oyida o’z nihoyasiga yetgan. TIU rektori vazifasini bajaruvchi Muzaffar Djalalov va INHA universiteti prezidenti (Koreya Respublikasi) kelgusi 5 yil uchun samarali hamkorlikning ikkinchi bosqichi to’g’risida kelishuv imzoladi.

Hamkorlikning ikkinchi bosqichida tomonlar yangi bakalavriat dasturlari va magistratura bo’limlarini ochishga kelishib oldilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq