TATUda o‘quv media-markazi ochildi!
29.10.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2017-yilning 6-dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi hamda Yaponiya hukumatlari o‘rtasida “Toshkent axborot texnologiyalari universitetining o‘quv media-markazi faoliyatini tashkil yetish to‘g‘risida”gi notalar almashinuvi va grant kelishuvi imzolangandi. Shunga asosan joriy yilning 29-oktyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida O‘zbekiston OTMlari orasida yagona bo‘lgan, umumiy qiymati 1,6 mln. AQSh dollarini tashkil etadigan o‘quv media-markazi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘quv media-markazining ochilish marosimida Yaponiya elchisi janob Yoshinori Fudjiyama, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) vitse-prezidenti janob Kazuxiko Kashikava, O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirining fan boʻyicha oʻrinbosari Uzokboy Begimkulov, TATU rektori To‘lqin Teshabayev, Yaponiya elchisi janob Fujiyama Yoshinori, universitet professor-o‘qituvchilari, OAV vakillari hamda talabalar ishtirok etishdi.

O‘quv media-markazning asosiy maqsadi – xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta’limning ilg‘or standartlarini joriy etish, jumladan o‘quv dasturlarida nazariy bilim olishga yo‘naltirilgan ta’limdan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim tizimida eng so‘nggi zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, shuningdek, talabalarga nafaqat nazariy bilimlar berish, balki amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish, bu orqali esa zamonaviy media makoniga yuqori tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislarni yetkazi berish hisoblanadi.

Ochilish marosimidan so‘ng tadbir ishtirokchilari va mehmonlarga media-markazning barcha imkoniyatlari, o‘rnatilgan eng ilg‘or texnologiyalar, media-markazning faoliyati to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, media o‘quv markazida texnik qurilmalarni yetkazib berish va o‘rnatish ishlari Yaponiyaning Sony hamda Marubeni kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi. Loyiha doirasida, TV dasturlarni syomka qilish tizimi, TV yoritkich qurilmalari, Virtual studio tizimi, TV yangiliklarni yaratish qurilmalari, Video montaj tizimi, Raqamli foto studio qurilmalari, Audio yozish tizimi, Media povilionni boshqarish qurilmalari o‘rnatildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq