Televizorlarni yashirin yo‘llar bilan olib kirishga bo‘lgan urinish fosh etildi
28.10.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Tovar moddiy boyliklarini mamlakatimizga yashirin yo‘llar bilan olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxonachilar tomonidan samarali kurash olib borilmoqda.

Xususan, Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar davomida yana bir bojxona qonunbuzilishi holatiga chek qo‘yildi.

Do‘stlik tumanidagi Manas YPX maskaniga kirib kelgan, fuqaro Ya.Sh. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli yuk avtotransporti belgilangan tartibda tekshiruvdan o‘tkazildi.

Natijada avtomashinada fuqaro S.A.ga tegishli bo‘lgan va hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 56,4 million so‘mlik 47 dona televizorlar borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq