“O‘zbektelekom” AK jamoasi futbol bo‘yicha “Bosh vazir kubogi”da ikkinchi o‘rinni egalladi
28.10.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

18-27 oktabr kunlari O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan vazirliklar, idoralar, xo’jalik birlashmalari, Yirik korxona va tashkilotlarning xodimlari o’rtasida «Bosh vazir kubogi» uchun futbol (erkaklar) va voleybol (ayollar) bo‘yicha musobaqalar bo’lib o’tdi.

Futbol bo’yicha «Bosh vazir kubogi» musobaqalari «Bunyodkor» futbol akademiyasining mashg’ulotlar maydonida bo’lib o’tdi. Futbol musobaqasida jami 64 ta jamoalar ishtirok etdi.

Musobaqada Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda «O’zbektelekom» AK jamoalari yarim finalga chiqish imkonini qo‘lga kiritishdi.

26-oktabr kuni “Milliy” stadionda «O’zbektelekom» AK jamoasi finalda O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi jamoasi bilan kuch sinashdi.

Kompaniya muxlislari tomonidan qo’llab-quvvatlangan kuchli bahs natijasida jamoamiz minimal — 1:0 hisobida o‘yinni boy berdi va ikkinchi o’rinni egalladi.

Final uchrashuvidan so’ng taqdirlash marosimi ham bo’lib o’tdi va unda O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari Aziz Abduhakimov, O’zbekiston Futbol federatsiyasi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Kozimjon Komilov va Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroevlar ishtirok etdi.

«O’zbektelekom» jamoasi kumush medal va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston tarixidagi ilk “Bosh vazir kubogi” g’oliblari va sovrindorlarini tabriklaymiz!

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq