O‘zbekiston transporti uchun yagona chipta joriy etiladi
28.10.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining Toshkent shahar boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2020-yil 1-yanvardan O‘zbekiston Respublikasida jamoat transporti uchun yagona to‘lov tizimi joriy etiladi.

Ushbu tizimning ishlash tamoyili qanday, chiptani qayerda va qanchaga olish mumkin bo‘ladi?

Hajm jihatidan bank plastik kartochkasiga o‘xshash aloqa tizimiga ulanmagan chipta yordamida O‘zbekistonning barcha shaharlaridagi har qanday transport turida to‘lovni amalga oshirsa bo‘ladi. Chiptani 30 ming so‘mga sotib olib, mobil telefondagi ilova yoki bank plastik kartochkasi orqali (shu jumladan, xalqaro to‘lov tizimlari yordamida) mablag‘ bilan to‘ldirib borish mumkin. Yangi metro bekatlaridagi turniketlar ushbu tizim joriy qilinishi uchun moslashtirilgan.

Chiptalar to‘rt xil bo‘ladi: pensionerlar, talabalar va o‘quvchilar uchun, imtiyozli chipta hamda umumiy yagona transport chiptasi. Transportdan foydalanish uchun to‘lov har bir hududda o‘rnatilgan tarifga bog‘liq bo‘lib, yo‘lovchilarning turli toifalari uchun imtiyoz va chegirmalar hisobga olinadi. Chiptalarda chipta egasining rasmi tushirilgan bo‘lishi rejalashtirilgan va ular davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladi.

Transportda E-chiptadan qanday foydalaniladi?

Jamoat transporti safar uchun to‘lovni o‘zi yechib oladigan hisob qurilmalari bilan ta’minlanadi. Yo‘lovchi chiptani qurilmaga yaqinlashtirsa, to‘lov avtomatik ravishda yechiladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq