Markaz O‘zbekiston Respublikasi elektron hukumati vazifalarini taqdim etdi
28.10.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2019-yil 24-25 oktyabr kunlari Nur-Sulton shahrida (Qozog‘iston) xalqaro DIGITAL BRIDGE texnologik forumi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi direktori maslahatchisi Sultanov Ruslan Rustamovich ishtirok etdi. Forum davomida «O‘zbekiston Respublikasi elektron hukumatining ustuvor yo‘alishlari» mavzusida taqdimot bo‘lib o‘tdi.

DIGITAL BRIDGE – bu, har yili o‘tkaziladigan internet-kompaniyalar, texnologik ishbilarmonlar, venchur investorlar, biznes farishtalari, davlat xizmatchilari, korporatsiyalar, IT-mutaxassislar, blogerlar va raqamli OAVlar uchun mo‘ljallangan forum bo‘lib, IT-texnologiyalar, innovatsiyalar, media yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha malaka va fikrlar almashish hamda Markaziy Osiyo va dunyo o‘rtasida raqamli ko‘prik yaratishga xizmat qiladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq