2019-yilning 9 oyi davomida butun O‘zbekiston bo‘ylab 1240 ta obyektda 3297 ta UZMOBILE GSM baza stansiyalari ishga tushirildi
28.10.2019
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

2019-yilda «O‘zbektelekom» AK «UzMobile» filiali antenna-machta inshootlari qurilishini hamda yangi baza stansiyalarini ishga tushirishda faol ravishda davom etmoqda. Ko‘p sonli yangi ob’ektlar qishloq joylarda — mahalla va qishloqlarda foydalanishga topshirilmoqda.

2019-yilning 9 oyi davomida butun O‘zbekiston bo‘ylab 1240 ta ob’ektda 3297 ta UZMOBILE GSM baza stansiyalari ishga tushirilgan bo‘lib, ularning 800 dan ziyodi qishloq joylarda joylashgan.

Bundan tashqari, UZMOBILE CDMA tarmog‘ini kengaytirish va modernizatsiya qilish uchun 1x va EVDO texnologiyalari bo‘yicha 32 ta ob’ektda yangi baza stansiyalari o‘rnatildi.

Yangi antenna-machta inshootlari, baza stansiyalari va zamonaviy uskunalarning o‘rnatilishi xizmatlarning sifatini oshirishga hamda aloqa hududini yaxshilashga imkon beradi, shuningdek yanada tezkor mobil Internet texnologiyalarini joriy etadi.

Bundan tashqari, yangi avlod tarmoqlarini joriy etishga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida «O‘zbektelekom» AK Uzmobile filiali 5G texnologiyasi bo‘yicha baza stansiyalarning birinchi to‘plamlarini (BS) sotib oldi. Uskunalar o‘rnatib bo‘lindi va dastlabki sinovlardan o‘tkazish uchun foydalanishga topshirildi. 25-27 sentyabr kunlari “O‘zekspomarkaz” MKMning 1-pavilyonida bo‘lib o‘tgan ICTEXPO 2019 ko‘rgazmasida tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar Kompaniyaning stendida yangi avlod tarmoqlarining imkoniyatlari bilan tanishish, qo‘llarida ushlab turish va gadjetlardan 5G tezlikda bevosita foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

UZMOBILE — O‘zbekiston bozorida GSM standartidagi eng yosh mobil aloqa operatori bo‘lib, CDMA (2004-yildan beri) va GSM standart xizmatlarini taqdim etib kelmoqda. Filial 2015 yildan buyon GSM tarmog‘ini barpo etmoqda va hozirgi kunda O‘zbekistonning barcha hududlarida 9500 dan ortiq baza stansiyalardan foydalanib kelinadi. 2019-yil oxiriga qadar 3,5 mingdan ortiq yangi UZMOBILE GSM baza stansiyalari ishga tushiriladi, shuningdek, 11 mingga yaqin baza stansiyalarning tijorat faoliyati bilan O‘zbekistonning 90 foizigacha tarmoq qamrovini oshirish rejalashtirilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq