Toshkent shahridagi Inha universitetida diplomlarni topshirish marosimi bo’lib o’tdi
27.10.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

26-oktyabr kuni soat 14.00 da Toshkent shahridagi Inha universitetida 2018/2019 o’quv yili bitiruvchilariga tantanali diplom topshirish marosimi o’tkazildi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan tashkil etilgan bo’lib, u bugungi kunda AT va logistika yo’nalishlari bo’yicha mutaxassislarni tayyorlash bo’yicha O’zbekistonning nufuzli universitetlaridan biri hisoblanadi.

Bitiruv marosimida ishtirok etish uchun Koreya Respublikasidagi Inha universiteti prezidenti boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Shuningdek, marosimda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, O’zbekistondagi texnologik kompaniyalar vakillari ishtirok etdilar.

TIU tarixida birinchi marotaba talabalar 2 ta diplomga ega bo’lishdi: Inha universiteti diplomi (Koreya Respublikasi) va Toshkent shahridagi Inha universitetining diplomi. Diplomlar shaxsan Inha universiteti prezidenti janob Myong Vu Cho va Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori v.b. Muzaffar Djalalov tomonidan taqdim etildi.

Shuni ta’kidlash joizki, tantanali taqdimot tarixiy voqea — Toshkent shahridagi Inha universitetining besh yilligi bilan bir vaqtga to’g’ri keldi.

2019-yilda 200 nafar talaba Toshkent shahridagi Inha universitetining “Kompyuter va dasturiy muhandislik” yo’nalishi bo’yicha bakalavriat dasturining bitiruvchilari bo’ldi.

2014-yilda bu yerda 115 talaba tahsil olardi, bugungi kunda esa talabalarining soni 1548taga yetdi.

Toshkent shahridagi Inha universitetining statistik ma’lumotlariga ko’ra, bitiruvchilarning 5,3 foizi mahalliy universitetlarning magistratura bo’limiga, 6,7 foizi Xanyang universiteti (Janubiy Koreya), Ulsan xalqaro universiteti (Janubiy Koreya), Inha universiteti (Janubiy Koreya), Yong-In universiteti (Janubiy Koreya), Budapesht texnologiya va iqtisodiyot universiteti (Vengriya), Angliya Ruskin universiteti (Buyuk Britaniya), Brno texnika universiteti (Chexiya), Riga texnika universiteti (Latviya), Agder universiteti (Norvegiya), Lotaringiya universiteti (Fransiya), Iqtisodiyot va ma’daniyat universiteti (Latviya), Lozanna federal politexnika maktabi (Shveytsariya) kabi nufuzli xorijiy universitetlarning magistratura bo’limlariga o’qishga kirishdi. Bitiruvchilarning 15,9 foiz bitiruvchilar chet elda magistratura bo’limiga kirishga tayyorgarlik ko’rishmoqda. Qolgan 72,1 foiz bitiruvchilar esa mamlakatimiz hamda dunyoning yetakchi kompaniyalariga muvaffaqiyatli ishga joylashishdi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq