O’zbekiston bosh vaziri Skolkovoda IT Park haqida gapirdi
22.10.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2019-yil 22-oktabr kuni «Skolkovo» texnoparkida «Ochiq innovatsiyalar» – «Aqlli iqtisodiyot» «Raqamli millat uchun uchta dilemma» mavzulariga bag’ishlangan forumining yalpi yig’ilishi bo’lib o’tmoqda. Unda O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri Dmitriy Medvedev, Belarus Respublikasi Bosh vaziri Sergey Rumas, Oksford universiteti professori Nik Bostrom va boshqalar o’z nutqlari bila ishtirok etishmoqda.

Abdulla Nigmatovich o’z nutqida joriy yilning iyul oyida O’zbekistonda qulay ekomuhitni yaratish maqsadida dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalarining texnlogik parki – IT Park tashkil etilganligi va uning rezidentlariga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-iyundagi PF-5099-sonli «Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi farmoni doirasida misli ko’rilmagan imtiyozlar berilganini ta’kidladi.

«Shuningdek Texnopark faoliyati doirasida startap tashabbuslarini o’z ichiga oladi, xususan, akseleratsiya va inkubatsiya dasturlari ishga tushirilgan va ularni moliyalashtirish uchun birinchi venchur fond tashkil etildi.

Ishonchim komilki, ko’pgina mamlakatlarda raqamli sanoatni yanada rivojlantirish ushbu jarayonning barcha asosiy ishtirokchilari bo’lgan davlatdan tortib, xususiy investorlar va startap loyihalarning birgalikdagi sa’y-harakatlarini talab qiladi», – deya qo’shimcha qildi O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri.

Shuningdek, Belarusiya Bosh vaziri Sergey Rumas birinchi Yevrosiyo venchur fondini yaratish g’oyasini ilgari surdi.

Eslatib o’tamiz, 21-oktabr kuni Skolkovo texnoparkida VIII «Ochiq innovatsiyalar» xalqaro forumi boshlandi. Uning asosiy mavzulari «Raqamli millat. Intellektual iqtisodiyotga o’tish hiisoblanadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq