Pekin shahrining yangi Dasin aeroportida Huawei 5G Smart Travel System texnologiyasidan foydalanilmoqda
21.10.2019
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Pekin shahridagi Dasin xalqaro aeroporti

5G Smart Travel Service tizimi aeroportda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini sezilarli darajada yaxshilashga imkoniyat beradi. 5G ni qo‘llab-quvvatlovchi  xizmatlar, jumladan, ro‘yxatga olish va xavfsizlik uchun inson yuzini tanish, aviakompaniyaning intellektual ilovasi  yordamida aeroportlarda personallashtirilgan tajribani hamda qog‘ozsiz yuk xizmati  5G ni qo‘llab-quvvatlovchi avia uchishlarning yangi intellketual xizmatlarining birinchi to‘lqini bo‘ladi.

5G, AI va AR bilan ta’minlangan ushbu xizmatlar yangi avlod aqlli aeroportlar uchun standartlarni o‘rnatadi. Mobil aloqalar sanoati bilan o‘zaro hamkorlik aeroportga o‘z brendini yanada yuqori darajaga olib chiqish imkoniyatini yaratadi.

Huawei 5G LampSite

Aeroport terminallari hududida 5G tizimini keng qoplanishi, 2019-yil avgust oyida China Unicom Beijing uchun tatbiq etilgan, Huawei 5G LampSite ichki raqamli tizim yordamida amalga oshiriladi.  Dala sinovlari natijasida erishilgan tezlik 1,2 Gbit/s.dan oshdi, bu esa, tarmoq yo‘lovchilari uchun 5G imkoniyatlarini taqdim etish talablariga to‘la javob berishidan dalolatdir.

Yuzlarni tanib olish

Beijing Daxing xalqaro aeroportida China Eastern Airlines yo‘lovchilari o‘z indentifikatsiyalash kartalarini yoki QR-kodini skaner qilishga ortiq ehtiyoj qolmadi. Sayyyohlik xizmatlarining aqlli tizimi tufayli, yo‘lovchilar chiptani sotib olishdan boshlab, ro‘yxatdan o‘tish, yukni jo‘natish, xavfsizlikni tekshirish va samolyotda o‘z joyiga o‘tirishgacha barcha jarayonlarni shunchaki yuzini skanerdan o‘tkazib, amalga oshirishlari mumkin. Styuardessalar yuzni aniqlash tizimidan foydalangan holda, yo‘lovchilarni tasdiqlashlari va ularni o‘z joylariga yo‘naltirishlari mumkin.

Ushbu funksiya, shuningdek, yerda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga imtiyozlar beradi, jumladan, yo‘lovchilarni zudlik bilan indentifikatsiyalash va ularning reyslarini aniqlashga yordam berish, ularga samolyotga chiqish ma’lumotlarini eslatish imkonini beradi.

Ro‘yxatga olish hududlaridagi intellektual terminallar yordamida, yo‘lovchilar xavfsizlikni tekshirish va VIP-zallarda o‘z reyslari, samolyotga chiqish talloni hamda yetib borish manzilidagi ob-havo to‘g‘risida ma’lumotlarni yuzlarini skanerdan o‘tkazgan holda olishlari mumkin, bu esa, o‘z navbatida,  zarur reysni topish uchun uzundan-uzoq ro‘yxatni ko‘rib chiqish zaruriyatidan xalos etadi.

Samolyotga chiqishni boshlanishi/yakunlanishi vaqti haqida ma’lumot berish, vaqtni prognozlash, joriy turar-joydan samolyotga chiqish vaqtini xabar beruvchi optsiyalari, shuningdek, yo‘lovchilarga yordam beradi.

Yo‘lovchilar haqidagi ma’lumotlarni o‘ta xavfsiz saqlash va ular samolyotga chiqqani tasdiqlangandan so‘ng ushbu ma’lumotlarni yo‘q qilish imkoniga ega ekanligi bilan, China Eastern Airlines o‘z mijozlari xavfsizligini birinchi o‘ringa qo‘yadi hamda ularga yangi aqlli xizmatlardan foydalanishda ishonch hissini tuhfa etadi.

China Eastern Airlines 5G+AR xizmatlarini taqdim etmoqda

Havoda sayoxat uchun aqlli xizmatlar

Huawei kompaniyasi tomonidan, China Unicom’ning Pekinda o‘rnatilgan qudratli 5G aloqa tizimlari, katta hajmdagi ma’lumotlarni uzatishni ta’minlaydi va o‘z navbatida, China Eastern Airline’ning barcha mijozlari uchun haqiqatdan ham personallashtirilgan xizmat turlarini yaratadi. Aviakompanining ilovasi yo‘lovchilarga butun sayohat davomida personallashtirilgan ma’lumotlarni, shu jumladan, chiptalarni berish, ro‘yxatga olish, samolyotga chiqish, chiqish tallonlaridagi o‘zgarishlar, yukni berish va transferlar bo‘yicha  ma’lumotlarni uzatishi mumkin.

Ilovadagi odatiy eslatmalardan tashqari, yo‘lovchilar yukni ortish, qabul joylariga yukni olib borish, hamrohi bo‘lmagan bolalar va samolyotga chiqishdan oldin kelish vaqti haqida ma’lumotga ega bo‘ladilar.

China EasternAirlines aviakompaniyasi yo‘lovchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida, tavsiya etilgan boshqa turdagi xizmatlarni, masalan, ketish manzilidan aeroportgacha bo‘lgan vaqtni baholash va xizmat ko‘rsatish hududiga kirish haqida eslatma berishni rejalashtirdi.

Xizmat ko‘rsatishning ushbu turlari yo‘lovchilarga aeropotdagi qiyinchiliklarni yengillashtiradi va China Eastern Airlines mijozlari uchun yanada qulay va yoqimli xizmatni taqdim etadi.

Yukni qog‘ozsiz qulay rasmiylashtirish xizmatlari

China EasternAirlines kompaniyasi o‘zining RFID yorlig‘i yechimiga qo‘shimcha ravishda yukni kuzatish 5G xizmatini ishga tushirdi.

Yuk uchun chidamli va qayta ishlatiladigan passiv RFID kartalari tufayli, ro‘yxatdan o‘tishi zarur bo‘lgan yo‘lovchilar parvoz raqamlari va yuk manzillari haqida ma’lumotlarni kam muddat ichida kiritish uchun  kartalari yoniga o‘z mobil telefonlarini qo‘yishlari va keyin qog‘oz qabul qilmasdan aktivatsiya kiritib, yuklarni yetkazib berishni yakunlashlari mumkin.

An’anaviy usullar bilan taqqoslaganda, ushbu xizmat turlari yanada oqilona va qulayroqdir.

Bundan tashqari, yo‘lovchilar istagan vaqtlarida China Eastern Airlines aviakompaniyasi dasturidagi holatni kuzatib borishlari va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar real vaqt rejimida tezkor tekshiruvlarni amalga oshirishlari mumkin, bu esa, ishlov berish samaradorligini oshiradi.

China Eastern Airlines o‘zining 5G ga asoslangan dasturlarini hayotga tatbiq etayotgani sababli mazkur aviakompaniya haqli ravishda, aqlli aviakompaniya nomiga da’vo qilishi o‘rinlidir. Huawei hamda China Unicom Beijing kabi kompaniyalar bilan hamkorlik qilish chog‘ida, avia yetkazish xizmatlari yanada intelektual bo‘lishi muqarrardir. China Eastern Airlines 5G. sun’iy intellekt, bulutli hisoblar va boshqa ilg‘or texnologiyalarni yanada yangilanish imkoniyatlarni ochib beradi. Pekin Daxing xalqaro aeroportida tajriba qurilmalari o‘rnatilganidan so‘ng, intellektual sayyyohlik xizmat turlari Pekin, Shanxay va Xitoyning boshqa turli yirik shaharlaridagi aeroportlarigacha tarqaladi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq