TATUning yosh dasturchilari Turkiston san’at saroyida bo’lib o’tgan talaba-yoshlar festivalida o’zlarining ishlanmalari bilan ishtirok etishdi
18.10.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Avval xabar berganimizdek, Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan beshta muhim tashabbus doirasida “Jonajon Oʼzbekistonim, mangu boʼl omon!” shiori ostida 17-19 oktyabr kunlari Toshkent shahrida respublika talaba-yoshlar festivali oʼtkazilmoqda.

Bugun, 18-oktyabr kuni Turkiston san’at saroyida ko’tarinki ruhda bo’lib o’tgan talaba-yoshlar festivalida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining yosh dasturchilari ham ishtirok etishdi.

Talabalarimiz tomonidan yaratilgan eng ilg’or dasturiy mahsulotlar “Besh muhim tashabbus”ning uchinchi yo’nalishi — aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan tadbirda namoyish etildi.

Shuningdek, tadbir davomida “IT ko’rgazma” hamda “Dasturiy ta’minot” mavzularida mahorat darslari ham bo’lib o’tdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq