Pensiya (nafaqa) miqdori va to‘lov muddati to‘g‘risida onlayn bilish mumkin
18.10.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Loyiha boshqaruvi milliy agentligi huzuridagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi, Yagona integrator UZINFOCOM hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan, pensiya/nafaqa haqida to‘liq ma’lumot beruvchi yangi interaktiv davlat xizmati ishga tushirildi.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali siz onlayn tarzda quyidagi ma’lumotlarni bilib olishingiz mumkin: pensiya (nafaqa) miqdori, tayinlangan sanasi, to‘lash muddati, ish staji davomiyligi, nafaqa turi, tanlangan muddat bo‘yicha to‘lovlar miqdori, shuningdek, hisoblangan va hisoblanmagan ish staji haqida ma’lumotlarni olishingiz mumkin. Siz barcha kerakli ma’lumotlarni real vaqt rejimida hech qanday qo‘shimcha hujjatlarsiz olishingiz mumkin.
Ushbu xizmat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining “Ijtimoiy ta’minot” bo‘limida keltirilgan bo‘lib, jismoniy shaxslar (pensiya/nafaqa oluvchilar) uchun bepul taqdim etiladi: https://my.gov.uz/uz/service/301
Xizmat turi haqida batafsil ma’lumot maxsus tayyorlangan videorolikda keltirilgan: https://youtu.be/8M96lC6_P6Y