ITWomanUz o‘quv dasturining ikkinchi bosqichi boshlanadi
17.10.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

16-19 oktabr kunlari yuzdan ortiq loyiha ishtirokchilari to‘rtta yo‘nalish: veb-dizayn, grafik dizayn, dasturlash va mobil ilovalarni ishlab chiqish bo‘yicha tayyorlangan loyihalari bilan qatnashadilar.

Hay‘at a‘zolari barcha taqdimotlarni baholaydilar va eng kuchlilarini tanlab oladilar.

So‘ngra tanlov ishtirokchilarining eng muvaffaqiyatli loyihalari yakuniy tanlovga taqdim etiladi. Yakuniy tanlov 19-20 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi, eng yorqin loyihalarni tayyorlagan, TATU va Inha universitetining o‘qituvchi-murabbiylari hamda Mirzo Ulug‘bek Innovatsion Markazining kompaniya-rezidentlari tomonidan berilgan bebaho bilim va tajribalarga ega bo‘lgan tanlov ishtirokchilarini qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlash tashkil etiladi.

Biz qizlarga muvaffaqiyat tilaymiz!

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq