O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan www.idea.itsm.uz g‘oyalar portali ishga tushirildi
16.10.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Mazkur portal orqali barchaga xalq ta’limi sohasini rivojlantirishga oid g‘oya va takliflarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri vazirlikning maxsus ishchi guruhiga yuborish imkoniyati yaratildi.

G‘oya va takliflarni yuborish uchun: www.idea.itsm.uz veb-sahifasiga kirib, “G‘oyangizni yo‘llang!” tugmasini bosing va quyida ko‘rsatilgan yo‘nalishlardan birini belgilang. So‘ngra tayyorlangan prezentatsiya shablonini yuklab oling. G‘oya va taklifingizni Xalq ta’limi tizimiga tatbiq etish mexanizmlarini izohlagan holda jo‘natishingiz talab etiladi:

Yo‘nalishlar:

— ta’lim sifatini yaxshilash;

— o‘qituvchilar maqomini oshirish;

— o‘qituvchilar malakasini oshirish;

— davlat-xususiy sheriklik;

— maktabdan tashqari ta’limni rivojlantirish;

— innovatsiya va texnologiyalar;

— zamonaviy maktab;

— maktablarning infratuzilmasini takomillashtirish;

— inklyuziv ta’lim;

— boshqalar.

O‘z navbatida, vazirlik ishchi guruhi tomonidan eng yaxshi g‘oya va takliflar hamda ularni hayotga tatbiq etgan muallifni aniqlash maqsadida maxsus ko‘rik-tanlov tashkil etiladi. Musobaqa natijalariga ko‘ra g‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Taqdim etilgan g‘oya va takliflarni ko‘rib chiqish tartibi alohida Nizom bilan tasdiqlanadi hamda belgilangan tartibda e’lon qilinadi.

Mazkur portal O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi «Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi» tomonidan yaratildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq