Maxsus jihozlangan kompyuter markazi Toshkentdagi ko‘zi ojizlar maktabi ixtiyoriga topshirildi
11.10.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

10-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tashabbusi bilan Toshkent shahridagi ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida kompyuter markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4151-sonli qarorida tasdiqlangan «Ko‘ngil ko‘zi» loyihasini amalga oshirish “Yo‘l xaritasi” doirasida tashkil etildi. Unda Agentlik rahbariyati, mas’ul vazirlik va tashkilotlar rahbarlari, maktab-internat o‘quvchilari va ularning ota-onalari, jurnalistlar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Tantanali marosimda so‘zga chiqqan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva bugungi kunda mamlakatda davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan va yoshlarning ta’lim-tarbiyasi uchun sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan beshta tashabbusni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilayotganini qayd etdi. Agentlikning imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internat o‘quvchilarining to‘laqonli rivojlanishlarida zarur bo‘lgan sharoitlar yaratish, ularga zamonaviy axborot-kommunikatsion va butunjahon internet tarmog‘idan foydalanish ko‘nikmalarini uyg‘otish, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish tashabbusi yaqqol namoyon etdi.

Ta’kidlash lozimki, Agentlik tomonidan taqdim etilgan kompyuterlar ko‘rishida muammo bo‘lgan shaxslarning imkoniyatlariga maksimal darajada moslashtirilgan. Xususan, ular ekranda nutq interfeyslari yordamida maxsus o‘qish dasturi bilan jihozlangan bo‘lib, matn bloklari, yorliq nomlari va menyu bandlari ovozli eshitiladi.

Bundan tashqari, kompyuterda Agentlik tashabbusi va «Bolalik kunlarimda» loyihasi doirasida ishlab chiqilgan audioertaklar, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bazasida saqlanadigan audiokitoblar joylangan.

Agentlik mutasaddilari audiomateriallar bilan jihozlangan kompyuter markazining muvaffaqiyatli faoliyati boshqa maktab-internatlar uchun ijobiy tajriba bo‘lib xizmat qiladi, alohida parvarishga muhtoj odamlarning bilim olish imkoniyatlarini kengaytiradi va barcha nashr etiladigan barcha kitoblarning audioversiyasini yaratish tashabbusini qo‘llab-quvvatlovchi ijtimoiy tadbirkorlik hisoblanadi.

Agentlik direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva maxsus maktab-internat kutubxona fondiga atoqli o‘zbek yozuvchisi Abdulla Qodiriyning «O‘tkan kunlar» romanining audio talqinini taqdim etdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq