Vazirlik stipendiyasiga hujjatlar topshirish boshlandi
09.10.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Vazirlikning “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi stipendiyasini tayinlash tartibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2019-yil 1-fevraldagi 76-son buyrug‘iga asosan soha ta’lim muassasalarining talaba va o‘quvchilariga Vazirlikning stipendiyasini tayinlash va to‘lash tartibini belgilangan.

Vazirlik stipendiyasi o‘qishda, ilmiy izlanishlarda, ijtimoiy hayotda muvaffaqiyatlarga erishgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) va uning filiallari, Toshkent shahridagi Inha universiteti bakalavr talabalari va TATU va uning filiallari qoshidagi akademik litseylarning o‘quvchilari uchun Vazirlik Tarmoq ilmiy-texnik kengashi qarori asosida Vazirlikning buyrug‘iga muvofiq tayinlanadi.

Mazkur tartibga muvofiq Vazirlik stipendiyasiga xujjatlar Vazirlikning rasmiy veb-sayti (www.mitc.uz) orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish va hujjatlarni qabul qilish belgilangan. Shuningdek onlayn ro‘yxatdan o‘tish va hujjatlarni qabul qilishning oxirgi kuni 2019-yil 30-oktyabr etib belgilangan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq