Raqamli texnologiyalar o‘quv markazining sertifikatlari topshirildi
09.10.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha belgilab bergan 5 ta muhim tashabbuslardan uchinchisi: aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.

Ushbu tashabbus doirasida Respublikamiz hududlarida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etilmoqda va o‘z faoliyatini yuritib kelmoqda.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshida tashkil etilgan ushbu o‘quv markazining Piskent tumanida joylashgan filialida piskentlik yoshlar kompyuter savodxonligi, robototexnika, veb-dizayn asoslari, elektron tijorat singari bir qator yo‘nalishlarda saboq olyaptilar.

Kuni kecha Piskent tumani hokimiyati, Xalq ta’limi boshqarmasi, «Yoshlar kelajagi» jamg‘armasi, Xalq demokratik partiyasidan tashrif buyurgan mas’ul xodimlar ishtirokida, o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan bir guruh yoshlarga sertifikatlar topshirildi.

Ma’lumot uchun: 9-30 yosh oralig‘idagi tinglovchilar uchun mashg‘ulotlar bepul o‘tiladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq