“O‘zbekkino” Markaziy Osiyodagi eng yirik kino ishlab chiqarish bazasini yaratadi
09.10.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

“O‘zbekkino” milliy agentligi o‘zining texnologik bazasini keng ko‘lamli qayta jihozlashni boshladi.

Daniya poytaxti Kopengagen shahrida “O‘zbekkino” milliy agentligi va Daniyaning “Danmon Group” kompaniyasi o‘rtasida “O‘zbekfilm” kinostudiyasi kino uskunalari, texnologik tizimlari va multimedia mahsulotlari bilan jihozlash bo‘yicha yirik loyihani amalga oshirish yuzasidan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Tomonlar badiiy filmlar, hujjatli filmlar, multiplikatsion filmlar tayyorlash uchun asbob-uskunalarni yetkazib berish masalalarini muhokama qilishdi. Loyiha yaqin ikki yil ichida amalga oshiriladi. Kino jihozlarini modernizatsiya qilish bilan bir qatorda, “O‘zbekfilm” kinostudiyasi maydonchasi qayta ta’mirdan chiqariladi.

“O‘zbekkino” kompaniyasi bosh direktori Firdavs Abduxoliqovning ta’kidlashicha, kompaniyaning texnologik bazasi va uning bo‘limlarini har tomonlama qayta jihozlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga muvofiq amalga oshiriladi.

Loyihada “O‘zbekfilm”ning film yaratish jihozlari va hujjatli filmlar kinostudiyasi, multiplikatsion studiya hamda respublika kino fondining to‘liq yangilanishi ko‘zda tutilgan.

Yangi jihozlar yordamida davlatimiz va xorij arxiv fondlarida saqlanayotgan kinotasmalarni raqamlashtirish va qayta tiklash imkonini qo‘lga kiritamiz.

«CANON, APPLE, VICON va shu kabi boshqa kompaniyalar bizga Markaziy Osiyodagi eng yirik kino ishlab chiqarish bazasini yaratishimizga imkon beradi”, — deya qo‘shimcha qildi “O‘zbekkino” rahbari Firdavs Abduxoliqov.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq