Butunjahon Pochta Ittifoqi 145 yoshda
09.10.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Har yili 9-oktabr ko‘plab mamlakatlarda Butunjahon pochta kuni nishonlanadi.

Shu kuni 1874da Shveytsariya poytaxti Bern shahrida Butunjahon Pochta Ittifoqi (BPI) tashkil etilgan. Rasmiy ravishda, Butunjahon pochta kuni 1969da Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tgan BPI Kongressi minbaridan e’lon qilindi. Butunjahon pochta kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining xalqaro kunlari ro‘yxatiga kiritilgan.

2019-yil BPI o‘zining yubiley sanasini nishonlaganligi bilan ajralib turadi. Chunki Xalqaro pochta operatorlari tashkiloti 145 yoshga to‘ldi. Har yili Butunjahon pochta kunini o‘tkazish har qanday mavzuga bag‘ishlangan. Bu yilgi bayram mavzusi: «rivojlanishni ta’minlash». Ushbu mavzu, BPI Bosh direktori Bishar A. Hussayn ta’kidlaganidek, xalqaro pochta tarmog‘ining ahamiyatini oshirishning yangi va innovatsion usullarini doimiy ravishda izlashni aks etadi.

Har yili dunyoning 150 dan ortiq mamlakatida Butunjahon pochta kuniga bag‘ishlangan turli tadbirlar o‘tkaziladi. Ba’zi mamlakatlarda bu kun dam olish kuni deb e’lon qilingan. Ko‘pgina pochta ma’muriyatlari Butunjahon pochta kunida o‘zlarining ilg‘or xodimlarini taqdirlash marosimini o‘tkazadilar, shuningdek, maxsus pochta maxsulotlari va yangi xizmatlarini joriy etadilar. Ko‘pgina mamlakatlarda filatelistik ko‘rgazmalar o‘tkazililadi, yangi markalar muomalaga kiritiladi. Pochta bo‘limlarida “ochiq eshiklar” kuni bo‘lib o‘tadi.

Butunjahon pochta kunining maqsadi odamlarning kundalik hayotida pochta sektorining rolini va uning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qo‘shgan hissasini namoyish etish, keng jamoatchilikka milliy pochta xizmatlarining faoliyati haqida axborot berish.

O‘zbekiston Butunjahon Pochta Ittifoqining a’zosi

O‘zbekiston Respublikasi 1994-yil 24-fevraldan Butunjahon Pochta Ittifoqi (BPI) a’zo-davlatidir.

O‘tgan 25 yil mobaynida bizning pochta sektorimiz 192 mamlakatni birlashtiradigan dunyodagi eng yirik pochta tarmog‘i bo‘lmish BPIning ajralmas qismiga aylandi. BPI a’zo davlatlari bilan hamkorlik orqali biz uchun pochta jo‘natmalarini yetkazib berish geografiyasini kengaytirish yo‘lida yangi ufqlar ochildi. Agar 1994-yilda pochta almashinuvi 74 mamlakat bilan amalga oshirilgan bo‘lsa, bugungi kunda 110dan ortiq mamlakat bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

O‘zbekiston pochtasi BPI bilan hamkorlikda o‘zining avtomatlashtirilgan tizimini kengaytirish bo‘yicha turli loyihalarni amalga oshirib, texnik yordam va kadrlar tayyorlash bo‘yicha uning turli dasturlarida ishtirok etmoqda.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ Butunjahon Pochta Ittifoqi qoshida tashkil etilgan Telematik kooperativning a’zosi hisoblanadi va IFS — elektron pul otkazmalarini almashish, IPS – elektron pochta jonatmalarini qayta ishlash va ularni kuzatib borish, shuningdek, RUGBY, IBIS, PRIME — elektron reklamatsiyalari almashinuvi — kabi xalqaro axborot tizimlaridan samarali foydalanadi.

Shuningdek, O‘zbekiston pochtasining BPIga a’zoligi unga xorijiy davlatlarning pochta operatorlari bilan ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq