“Yashil” yo‘lakdagi dron to‘xtatib qolindi
08.10.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Bojxonachilar mamlakatimizga olib kirilishi taqiqlangan tovar moddiy boyliklarni noqonuniy yo‘llar bilan olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi samarali kurash olib bormoqdalar.
Jumladan, Namangan xalqaro aeroportiga “Moskva-Namangan” yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelib, “yashil” yo‘lak orqali harakatlangan fuqaro R.M.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortdi va ushbu shaxs belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazildi.
Natijada uning yuklari ichida bojxona nazoratiga taqdim etilmagan va jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilishi taqiqlangan 1 dona uchuvchisiz uchish apparati borligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasining joriy yil 2-may kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-534-sonli Qonunning 1-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
2444-moddasi bilan to‘ldirilgan bo‘lib, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish bo‘yicha jinoiy javobgarlik belgilangan. Mazkur Qonunning 1-moddasi 2019-yil 4-noyabrdan amalga kiritiladi.