TАTUda “Innovatsiyalar, investitsiyalar, axborotlashtirish” mavzusida konferensiya boʼlib oʼtdi
08.10.2019
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

Joriy yilning 4-oktabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʼmitasi hamda Oʼzbekiston Respublikasi Аxborot texnologiyalar va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda “Innovatsiyalar, investitsiyalar, axborotlashtirish” mavzusida konferensiya tashkil etildi.

Tadbirda deputatlar, Oʼzbekiston Respublikasi Аxborot texnologiyalar va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rahbariyati, Davlat bojxona qoʼmitasining masʼul vakillari, mutaxassislar, olimlar, ekspertlar va TАTU magistr talabalari ishtirok etishdi.

Konferensiya davomida, innovatsion gʼoyalar, ilmiy ishlanmalar va startaplarni tijoratlashtirish orqali amaliy natijalarga erishish, bu borada “buyurtmachi-tadqiqotchi-investor” uzluksiz zanjirini yaratish maqsadida yaratilagan maxsus portal faoliyati bilan bogʼliq masalalar muhokama qilindi.

Maʼlumot berilishicha, bugungi kunda 482 dan ortiq innovatsion ishlanmalar va 102 ta tarmoq muammolarining yechimlarini oʼz ichiga olgan maxsus portal ishga tushirilgan. Deputatlar ushbu portalning samaradorligini oshirish, tadbirkorlar, olimlar, ilimiy muassasalar xodimlari orasida ommalashtirish, ayniqsa, yosh olimlar oʼrtasida targʼib qilish masalalariga alohida eʼtibor berildi.

Shu bilan birga, konferensiyada “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy kompleksi, shuningdek, eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishni yana-da takomillashtirishda “Yagona darcha” bojxona axborot tizimlarining taqdimotlari o’tkazildi.

Konferentsiya ishtirokchilari mamlakatimizda investitsion muhit yaratilganligi, xorijiy davlat investorlarining Oʼzbekiston toʼgʼrisida aniq va xolisona maʼlumotlar bilan tanishish imkoniyatini yaratishda, innovatsion gʼoyalarni amaliyotga tadbiq etishni jadallashtirish, axborot bilan taʼminlash boʼyicha ishlar samaradorligini oshirish boʼyicha taklif va mulohazalarini bildirdilar.

Konferensiya soʼngida talabalar va mutaxassislar oʼrtasida ochiq savol-javob boʼlib oʼtdi. TАTU magistr talabalari konferensiya ishtirokchilariga oʼzini qiziqtirgan savollarni berishda va mutasaddilar talabalarning savollariga javob berishdi hamda kelgusida bunday ochiq ruhdagi tadbirlarni tez-tez tashkillashtirib turishlarini alohida taʼkidlab oʼtishdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq