Toshkent metropolitenining barcha stantsiyalarida Wi-Fi tarmog’iga kirish imkoni paydo bo’ldi
07.10.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Shu yilning 7-oktabridan boshlab poytaxtimiz metropolitenida Internetdan foydalanish imkoni yaratildi.

Endi Toshkent metropolitenining barcha yo’lovchilari ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini ko’rib chiqish, sevimli musiqalarini onlayn tarzda tinglash va ommabop messenjerlarda muloqot qilishlari mumkin.

Ushbu xizmatdan foydalanish uchun metroga tushishdan oldin avtorizatsiyadan o’tish lozim (SMS orqali). Tizimga ikki usul orqali kirish mumkin – pullik va bepul. Tarmoqqa bepul ulanish uchun quyidagi bosqichlarni bajarish kerak:

1. Metroga tushishdan oldin «Metrotelecom Free» tarmog’ini tanlang;

2. Telefon raqami orqali avtorizatsiyadan o’ting;

3. Reklama roligini tomosha qiling;

4. Internetga ulaning.

Internetga qanday ulanilishi bo’yicha metroga tushishda joylashgan maxsus axborot tablolarida ham ko’rsatilmoqda.

Ushbu loyihani amalga oshirish “Metrotelecom” va “Sola” Wi-Fi–operatori hamda «Toshkent metropoliteni» unitar korxonasining hamkorligida amalga oshirildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq