TATUda “Smart city” mavzuida xalqaro konferensiya bo’lib o’tadi
05.10.2019
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

“Oʼzbekiston-Germaniya 2019” ilmiy-tadqiqot dasturining rejasiga binoan 2019-yil 7-11 oktabr kunlari Germaniyaning Oldenburg universiteti, TАTU, TАTU Samarqand, Nukus va Urganch filiallari hamkorligida TАTUda “Smart city” mavzusida Oʼzbekiston-Germaniya xalqaro konferentsiyasi boʼlib oʼtadi.

Oʼquv-trening kursi tashkilotchilari: Germaniyaning Oldenburg universiteti, TАTU «Yosh olimlar kengashi», TАTU Samarqand, Nukus va Urganch filiallari.

Oʼquv-trening kursi maqsadi: – universitet professor-oʼqituvchilari va Oʼzbekiston Respublikasi Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi qoshidagi soha korxonalari xodimlari uchun “Smart city” dasturi boʼyicha xalqaro tajriba almashish va hamkorlikni yanada mustahkamlash.

Oʼquv-trening kursi haqida:

Аqlli shahar kontekstida barqaror rivojlanish va mobillik mavzusdagi xalqaro konferentsiya.

Ushbu konferentsiya Oʼzbekiston, Germaniya va Mugʼilistondagi loyiha ishtirokchilari hamkorligida tashkil qilinmoqda. Konferentsiya Traveling Conferences granti doirasida Germaniya ilm-fan va taʼlim vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan. Loyihaning maqsadi uning ishtirokchilari oʼrasida har tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlash va Markaziy Osiyoda Smart City loyihasining nazariy va amaliy maqsadlarini chuqurlashtirilgan tarzda tanishtirish. Bundan tashqari, ilmiy tadqiqotlar va iqtisodiy loyihalarni yanada rivojlantirish uchun ishtirokchilar oʼrtasida oʼzaro axborot almashinadi.

Konferentsiya Germaniya va Oʼzbekiston olimlari, ilmiy tadqiqotchilar, ishbilarmonlari va jamoat tashkilotlarini, ilmiy-tadqiqot institutlari va universitetlari vakillarni Smart City kontekstida bilim va tajriba almashish uchun birlashtiradi. Shuningdek, ushbu konferentsiya Germaniya universitetlari va ilmiy-tadqiqot institutlari hamda jamoat tashkilotlari bilan halqaro hamkorlik oʼrnatish uchun katta imkoniyat hisoblanadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq