«NEC» kompaniyasi rahbari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
05.10.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2019-yilning 4-oktyabr kuni Yaponiya poytaxti Tokio shahrida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov, Yaponiyaning «NEC» kompaniyasi rahbari Norihiko Ishiguro bilan uchrashdi.

Uchrashuvdan asosiy maqsad Yaponiyaning yirik kompaniyalari bilan yangi investitsiya loyihalarini muhokama qilish va hamkorlik ishlarini yanada kengaytirishga qaratilgan.

Uchrashuvda “NEC” korporatsiyasi bilan oʻrnatilgan uzoq yillik samarali hamkorlik, jumladan, Oʻzbekistonda amalga oshirilgan telekommunikatsiya tarmogʻini va teleradioeshittirish tizimini raqamlashtirishga qaratilgan loyihalarning rivojidagi ahamiyati taʼkidlab oʻtildi.

Muloqot davomida Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC), ushbu mamlakatning tijorat banklari kredit mablagʻlari hisobidan amalga oshirilayotgan “Maʼlumotlar uzatishning magistral va multiservis tarmogʻini kengaytirish” (DWDM) investitsiya loyihalarining amaliy jihatlari muhokama etildi. Shuningdek, zamonaviy telekommunikatsiya va axborot texnologiyalarini tatbiq etishning istiqbolli loyihalari boʻyicha fikr almashildi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama manfaatli istiqbolli yo‘nalishlar, jumladan, AKT masalalarida tajriba almashish, hamkorlikni kengaytirish va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida Oʻzbekistonda ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazlarini yaratish boʻyicha tajriba almashish va hamkorlik qilish boʻyicha tegishli ishlarni olib borishga kelishildi.

Shu bilan birga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov, «NEC» kompaniyasinig yangi texnologiyalar koʻrgazmasi zaliga ham tashrif buyurdi.

Koʻrgazma doirasida yangi texnologiyalar va ularni hayotga tatbiq etish bo‘yicha eng so‘ngi yechimlar bilan tanishdi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining Yaponiyadagi tashrifi 2019-yil 5-oktyabrgacha davom etadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq