Yashirincha olib kelinayotgan mobil telefonlari fosh bo‘ldi
04.10.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Bojxona organlari tomonidan maishiy texnika tovarlarini yurtimizga turli noqonuniy yo‘llar bilan olib kirishga bo‘lgan urinishlar o‘z vaqtida bartaraf qilinmoqda.

Xususan, Toshkent xalqaro aeroportiga xorijdan uchib kelgan fuqaro S.I.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortdi va ushbu shaxs belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Natijada uning yuklari orasidan bojxonachilarning og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan va deklaratsiyada ko‘rsatilmagan 19 dona “Iphone 11 Pro Max” rusumli uyali telefonlar borligi aniqlandi.

Yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq