«Toyota Tsusho Corporation» kompaniyasi rahbari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
04.10.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2019-yilning 4-oktyabr kuni Yaponiya poytaxti Tokio shahrida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov, Yaponiyaning «Toyota Tsusho Corporation», kompaniyasi rahbari Tsuyoshi Yamada bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvdan asosiy maqsad Yaponiyaning yirik kompaniyalari bilan yangi investitsiya loyihalarini muhokama qilish va hamkorlik ishlarini yanada kengaytirishga qaratilgan.

Tomonlar axborot texnologiyalari sohasida Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha ulkan salohiyat mavjudligi hamda bu borada barcha saʼy-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama manfaatli istiqbolli yo‘nalishlar, jumladan, AKT masalalarida tajriba almashish, hamkorlikni kengaytirish va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida O’zbekistonda axborot – telekommunikatsiya texnologiyalarini jadal rivojlantirish, xususan, «aqlli», «toza» va «xavfsiz» shahar va hududlar tizimlarini joriy etish uchun tegishli infratuzilmani yaratish bo’yicha hukumat tomonidan belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan Qo’shma loyihalarni davom ettirishga kelishildi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining Yaponiyadagi tashrifi 2019-yil 5-oktyabrgacha davom etadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq