TАTU professori Qirgʼiziston kutubxonalari konsortsiumi prezidenti tomonidan “Xalqaro kutubxonachilar hamdoʼstligi” koʼkrak nishoni bilan taqdirlandi!
04.10.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
TАTUning professor-o’qituvchilari Fan, taʼlim, madaniyat va biznesni rivojlatrishda raqamli muhitni shakllantirishga bagʼishlangan «Issiq koʼl 2019: jamiyatni demokratlashtirish va kutubxonalar» xalqaro konferensiyasida ishtirok etayotganini ma’lum qilgan edik.
Konferensiya doirasida Qirgʼiziston oliy taʼlim muassasalari ilmiy kutubxonalarida Muhamma-al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professori Raxmatullayev M.A. boshchiligida yaratilgan integrallashtirilgan axborot-kutubxona tizimi ARMAT++ asosida korporativ tarmogʼi muvaffaqiyatli tashkil etilgani munosabati bilan TATU professori Raxmatullayev M.A. Qirgʼiziston kutubxonalari konsortsiumi prezidenti tomonidan “Xalqaro kutubxonachilar hamdoʼstligi” koʼkrak nishoni bilan taqdirlandi!
Maʼlumot oʼrnida aytish kerakki, Muhamma-al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining bir guruh professor-oʼqituvchilari va doktorantlari tomonidan axborot-kutubxona muassasalari(ARM)ning avtomatlashtirilgan tizimining yangi versiyasi ARMAT++ ishlab chiqilgan edi.
Bugungi kunda ushbu avtomatlashtirilgan tizim Respublikamizning koʼplab АRMlarida joriy etilgan. Quvonarlisi, ushbu tizim ayni vaqtga kelib qardosh respublikalarda ham joriy qilinmoqda.