O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) bilan uchrashuv o‘tkazdi
04.10.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Yaponiyaga tashrifi doirasida Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan va axborot texnalogiyalari sohasida hayotga tatbiq etilayotgan loyihalarning istiqbollari muhokama qilindi.

Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) rahbarlari bilan Yaponiya hukumati va investorlarining mablag‘larini jalb qilgan holda, axborot texnologiyalari sohasiga va boshqa sohalar bo‘yicha yirik loyihalarda ishtirok etish orqali, O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirish borasidagi takliflar muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama manfaatli istiqbolli yo‘nalishlar, jumladan, AKT masalalarida, hamkorlikni kengaytirish va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.

Bundan tashqari, o‘zaro amalga oshirilayotgan loyihalarning holati bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar muhokama qilindi va Yaponiya xalqaro hamkorlik bankining (JBIC) O‘zbekistondagi loyihalar portfelini yanada kengaytirish yo‘llari ishlab chiqildi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining Yaponiyadagi tashrifi 2019-yil 5-oktyabrgacha davom etadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq