Nippon Telephone Telegraph (NTT) kompaniyasi rahbari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
04.10.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2019-yilning 3-oktyabr kuni Yaponiya poytaxti Tokio shahrida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov, Nippon Telephone Telegraph (NTT) kompaniyasi rahbari Katsushige Kojima bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvdan asosiy maqsad Yaponiyaning yirik kompaniyalari bilan yangi investitsiya loyihalarini muhokama qilish va hamkorlik ishlarini yanada kengaytirishga qaratilgan.

Uchrashuvda O’zbekiston tomoni va NTT kompaniyasi bilan hamkorlikda O’zbekiston Respublikasida zamonaviy yuqori texnologik yutuqlarni joriy qilish, va O’zbekiston va Yaponiya oʻrtasida halkaro telefon suzlashuvlarini toʻgridan- toʻgri almashishni yoʻlga qoʻyish va ularning xajmini yanada oshirish boʻyicha hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar axborot texnologiyalari sohasida Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha ulkan salohiyat mavjudligi hamda bu borada barcha saʼy-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama manfaatli istiqbolli yo‘nalishlar, jumladan, AKT masalalarida tajriba almashish, hamkorlikni kengaytirish va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida Oʻzbekistonda ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazlarini yaratish boʻyicha tajriba almashish va hamkorlik qilish boʻyicha tegishli ishlarni olib borishga kelishildi.

Shu bilan birga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov, «NTT Communications Form 2019» form faoliyataida ishtirok etdi.

Forum doirasida dengizosti kabellarini qurish va ekspluatatsiya qilish, xavfsiz shahar loyihasi bo‘yicha yechimlari, ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarini qurish va bulutli xizmatlar bo‘yicha eng so‘ngi yechimlar bilan tanishdi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining Yaponiyadagi tashrifi 2019-yil 5-oktyabrgacha davom etadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq